Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berganki, 9-11 noyabrda ayrim metan shoxobachalarining faoliyati vaqtincha cheklanishi mumkin.
Mazkur xabarda «Oʻzgidromet» maʼlumotlari keltirilgan boʻlib, unga koʻra, 9-11 noyabrda respublika boʻylab havo harorati pasayishi, shuningdek, yomgʻir va shimoliy hamda togʻli hududlarda qor yogʻishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda kechaki harorati 7 darajagacha tushishi mumkinligi aytilgan.



