Iqtisodiyot va moliya vazirligining hisobotlari oʻrganildi. Yashirin iqtisodiyotning qisqarishi byudjet mablagʻlarini shakllantirish va shaffoflikni taʼminlash uchun muhim omil hisoblanadi.
Oʻtkazilayotgan choralar tufayli joriy yilning toʻqqiz oyida yashirin iqtisodiyot ulushi kamayib, rasmiy iqtisodiyot ulushi 78,2 foizga yetdi.



