Oʻzbekistonlik tennischi Polina Kudermetova Hindistonda oʻtkazilayotgan WTA 250 Chennai Open turnirining chorak finalliga yetdi.
Ikkinchi raundda Kudermetova jahon WTA reytingida 122-oʻrinni egallagan Oksana Selekmeteva bilan uchrashdi. Kudermetova 6–3, 6–0 natijasi bilan ikki setda gʻalaba qozondi.
Chorak finallarga chiqish tufayli Polina Kudermetova reytingda 54 ball oldi. Hozirgi holat boʻyicha dastlabki maʼlumotlarga koʻra, uning jahon reytingi 867 ball toʻplangan holda 81-oʻringa koʻtarilishi mumkin. Rasmiy reyting pozitsiyasi keyingi WTA reytingi yangilanganidan soʻng tasdiqlanadi.



