Ispaniya murabbiyi Xose Mariya Mendes sogʻliq muammolari tufayli lavozimdan ketganidan soʻng, federatsiya milliy jamoaning bosh murabbiy lavozimi uchun mahalliy va xorijiy nomzodlar qatorini koʻrib chiqishni boshladi.
Oʻtkazilgan tahlil va takliflarga asoslanib, Bahodir Axmedov Oʻzbekiston Futsal Federatsiyasi ijroiy qoʻmitasi qarori bilan jamoa bosh murabbiyi sifatida tayinlandi. U milliy futsalni yaxshi bilishi va uning rivojlanishiga hissa qoʻshishi bilan mashhur.
