OʻzLiDePning «Xalq bilan birga» milliy dasturi doirasida Buxoroda «Ijodiy tadbirkor yoshlar» forumi boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir yoshlarning innovatsion gʻoyalar va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish hamda istiqbolli biznes-loyihalarni rivojlantirishga yordam berishga qaratilgan edi.
Bu forum yosh avlodning iqtisodiy jarayonlardagi faolligi oshib borayotganini yana bir bor namoyish etdi.



