22 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan V yozgi Paraosiyo oʻyinlarida oʻzbekistonlik sportchilar turli bahslarda ishtirok etmoqda. Oʻzbekistonning medallari 96 taga yetdi.
Oʻzbekiston sportchilari para yengil atletika, para veloshosse, para pauerlifting, para oʻq otish, para suzish va para qilichbozlik kabi bahslarda oʻz qobiliyatlarini namoyish etib, oʻyinlarga qatnashmoqda.



