Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi munosabatlar siyosiy dialog, savdo-iqtisodiy, investitsion va texnologik hamkorlik bilan yangi mazmunga ega boʻlib, barqaror rivojlanmoqda.
Ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro foyda keltiruvchi sheriklikni mustahkamlash, biznes doiralaridagi aloqalarni kengaytirish va istiqbolli birgalik loyihalarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
