Milliy statistik qoʻmitaning maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil yanvar oyidan sentyabr oyigacha Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda jami 10 306 786 nafar xorijiy fuqaro yetib kelgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 million kishi ga ortiq boʻlib, bu 20,4 foizga oʻsishni tashkil etadi.
Oʻzbekistonga eng koʻp turistlar Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Rossiya va Afgʻonistonlardan kelgan. Shu bilan bir qatorda, Rossiya Oʻzbekiston bilan umumiy chegarasi boʻlmagan mamlakatlar orasida turist oqimi boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi.



