Poytaxtda dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiyaning dolzarb masalalariga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Ushbu nufuzli forum Sogʻliqni saqlash vazirligi, Dermatovenerologiya va kosmetologiya respublikan maxsus ilmiy-amaliy markazi hamda Oʻzbekiston dermatovenerologlari va kosmetologlar assotsiatsiyasi yordamida tashkil etilgan.
Konferensiya jahon ilmiy hamjamiyatini va klinik amaliyotni birlashtirib, dermatologiya va estetik tibbiyot sohasidagi muhim mavzularni muhokama qildi.
