Tibbiyot va farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligida Afgʻonistondagi BMT Bolalar fondi (UNICEF) vakolatxonasi rahbariyati hamda mahalliy farmatsevtika kompaniyalari vakillari ishtirokida muhim muzokaralar boʻlib oʻtdi.
Bu uchrashuvda Agentlik direktori Abdulla Azizov, UNICEFning Afgʻonistondagi vakili Tajuddin Oyevali va tashkilotning mamlakatdagi vakilining oʻrinbosari Geoffrey Ijumba ishtirok etdi.
