Katta ommaviy axborot vositalari kontent tayyorlash markazi oʻtkazgan brifingda Markaziy bankining «CERT-CBU» kiberxavfsizlik markazi direktori oʻrinbosari Behzod Mamajonov yangi mexanizmlar haqida maʼlumot berdi.
Bu mexanizmlar fuqarolarning mablagʻlarini himoya qilishga, bank kartalari va mobil ilovalar orqali sodir etiladigan firibgarlik harakatlarini oldini olishga, shuningdek, shubhalik operatsiyalarni aniqlashga qaratilgan.
