Oʻzbekistondagi yosh faollar «World Food Forum - 2026» xalqaro forumida qatnashmoqdalar. Avvalroq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Qishloq xoʻjaligi va suv resurslari vazirligi, shuningdek, BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) va Xalqaro qishloq xoʻjaligi rivojlanish fondi (IFAD) hamkorligida «Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi uchun yosh isteʼdodlar» milliy tanlovi oʻtkazilgan edi.
