Paleobiyologlar qadimgi Armaniyaning aholisi qachon sut yoki sut mahsulotlarini isteʼmol qilishni boshlaganligini aniqlash uchun tadqiqot oʻtkazishdi. Tahlil oʻtkazish uchun 22 ta turli arxeologik yodgorliklarda topilgan 70 kundan ortiq odamlarning tish toshi oʻrganildi. Ushbu yodgorliklar kech neolitdan Oʻrta asrlargacha boʻlgan vaqt oraligʻini qamrab oladi.
Proteom tahlili yordamida oʻrta bronza davrida yashagan odamlarning tishlarida sigir yoki qoʻy suti isteʼmolining eng dastlabki dalillari aniqlab topildi. Bu davr miloddan avvalgi 2500 va 1550 yillar oraligʻiga toʻgʻri keladi. Tadqiqot natijalari iScience jurnalida nashr etilgan ilmiy maqolada taqdim etildi.

