World Taekwondo Gran-pri turnirining yana bir kuni Fransiya poytaxtida oʻtkazilmoqda va Oʻzbekiston jamoasi muvaffaqiyat qozondi. 68 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi Najmiddin Qosimxoʻjiev kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Bundan tashqari, 67 kg toifasida yarim finalga chiqqan Ozoda Sobirjonova musobaqalarda uchinchi oʻrinni egalladi.
World Taekwondo Grand Prix Series musobaqalari 9-11 oktyabr kunlari oʻtkazilmoqda va bu 2026 yilgi Gran-pri seriyasining yakuniy bosqichidir. Turnirda Oʻzbekiston nomini toʻqqiz nafar sportchi himoya qilmoqda.
Gran-pri finali 27-29 noyabrda Astana shahrida boʻlib oʻtadi.


