Subsidiya uchun murojaat qilgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari orasidan 125 nafar gʻolib aniqlandi
Batafsil
Uza.uz
uza.uz

Subsidiya uchun murojaat qilgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari orasidan 125 nafar gʻolib aniqlandi

Tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi xodimlarga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish boʻyicha birinchi tanlovda jami 4 728 ta ariza berilgan edi. Bu arizalardan talablarga mos deb topilgan 1667 tasi tanlovda ishtirok etdi.

Elektron tizim orqali oʻtkazilgan tasodifiy tanlov natijasida, jarayon ochiq, shaffof va adolatli tarzda amalga oshirilgan hamda 125 nafar gʻolib aniqlandi. Bu jarayon vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari da jonli efir orqali namoyish etildi.

Mashhur