Germaniya Oʻzbekistondagi turli loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun 71 million yevro ajratishni nazarda tutmoqda. Ushbu mablagʻlar iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy himoyani mustahkamlash, qonun ustuvorligini kuchaytirish, shuningdek, iqlim va energiya sohasidagi loyihalarga yoʻnaltiriladi.
Podrobno.uz maʼlumotiga koʻra, bu qaror 7-oktabrda oʻtkazilgan hukumatlararo muzokaralar natijasida qabul qilingan. Tomonlar oʻrtasida uchx besh yildan ortiq davom etayotgan hamkorlikni davom ettirish istagini tasdiqladilar.
Bundan tashqari, Germaniya «Oʻzbekiston-2030» strategiyasini amalga oshirishga yordam berish va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga hissa qoʻshishga tayyorligini bildirdi.
Birgalikdagi tashabbuslar xususiy sektor va savdo munosabatlarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, nemis dual tizimini integratsiya qilish orqali kasbiy taʼlim tizimini modernizatsiya qilishni qamrab oladi. Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiyani rivojlantirish va elektr energiyasi uzatish tarmoqlarining quvvatini oshirish rejalashtirilgan. Muhim jihat esa, ayniqsa eng zaif aholi qatlamlari uchun ijtimoiy himoya tizimini yaxshilashdir.
Ushbu loyihalarni amalga oshirish jarayonida Germaniya federal hukumatining nomidan KfW rivojlanish banki, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Federal fizika-texnik institut (PTB) kabi tashkilotlar ishtirok etadi.
