Toshkentda beshta Markaziy Osiyo davlati, Germaniya va Yevropa Ittifoqi vakillari, olimlar hamda xalqaro tashkilotlar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muhokamaning asosiy mavzusi iqlim oʻzgarishiga moslashish masalalari boʻldi.
Tadbirning asosiy maqsadi ilmiy maʼlumotlarni amaliy yechimlarga aylantirish orqali mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat edi.



