Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish mamlakatning energetika siyosatidagi muhim yoʻnalishlardan biriga aylanib bormoqda. Xususan, quyosh energiyasidan foydalanish nafaqat elektr taʼminotining barqarorligini oshirishga xizmat qiladi, balki aholi uchun energiya xarajatlarini kamaytirish imkoniyatini ham beradi.
Mazkur dastur doirasida «Temir daftar»dagi 1197 ta oilaga quyosh panellari bepul oʻrnatiladi.
