Guliston shahri markazidagi «Kelajak» joyida yoshlarning bandligini taʼminlashga qaratilgan mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Sirdaryo viloyati soliq idorasi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Yarmarkada shahar soliq inspeksiyasi va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirok etdi. Tadbir natijasida oʻttizdan ortiq yirik korxonalar, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlar 500 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlarini taklif qildi.
