«Ayol kitobi» dasturining yettinchi bosqichi doirasida Sirdaryo viloyatida 8 943 nafar ayol uchun bandlik taʼminlandi. Bundan tashqari, 2 292 nafar ayolga tadbirkor faoliyatni boshlash uchun kreditlar ajratildi.
Shuningdek, minglab ayollar tibbiy, psixologik va yuridik yordam oldi. Bu natijalar ayollarni qoʻllab-quvvatlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish va oila barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan tizimli choralarning amaliy samaradorligini namoyish etadi.
