Polina Kudermetova Pekingdagi WTA 1000 turnirining uchinchi bosqichiga chiqdi
Batafsil
UzDaily
uzdaily.uz

Polina Kudermetova Pekingdagi WTA 1000 turnirining uchinchi bosqichiga chiqdi

Oʻzbekistonlik Polina Kudermetova Pekingda oʻtkazilayotgan WTA 1000 China Open turnirining uchinchi bosqichiga chiqdi.

Ikkinchi bosqichda oʻzbek tenisistkasi Daniya sportchisi Klara Tausonni 6-4, 4-6, 6-4 natija bilan magʻlub etdi. Avval Tauson WTA reytingida 12-oʻrinni egallagan, hozir esa jahon reytingida 44-oʻrinda turibdi.

Uchinchi bosqichga chiqish Kudermetovaga kamida 61 865 AQSh dollari miqdorida mukofot va WTA reytingida 65 ball beradi. Keyingi raqib sifatida Kudermetovaga toʻrtinchi urugʻlangan Mirra Andreeva keladi. Bu uchrashuv Pekingdagi turnirning uchinchi bosqichida boʻlib oʻtadi.

Mashhur