Petrelintid – uzoq muddatli selektiv amilin agonisti klinika sinovlarining ikkinchi bosqich natijalari beshta turli mamlakatdagi tadqiqotchilar tomonidan taqdim etildi. Tadqiqot bu dori vositasini semizlikni davolashda qoʻllashga oid edi.
Tana massasining kamayishi plasebo olgan guruhga nisbatan toʻqqiz foizga yetganligi aniqlandi. Shu bilan birga, oshqozon-ichak traktiga bogʻliq yon taʼsirlarning nisbatan past chastotasi kuzatildi.
Oʻtkazilgan sinovlar toʻliq hisoboti ilmiy nashr The Lancet Diabetes & Endocrinology da rasman eʼlon qilindi.
