Fabio Kannvaro rahbadorligidagi Oʻzbekiston milliy jamoasi Siriya milliy jamoasini 4:1 gʻol bilan magʻlub etdi.
Ushbu oʻyin Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida boʻlib oʻtdi. Oʻyin 28-daqiqada Sherzod Esanovning Husayn Norchaevdan berilgan xato pasdan gol urishi bilan boshlandi va Oʻzbekistonga 1:0 ustunlik berdi.
Birinchi taym oxirigacha Akmal Mozgovoy hisobni oshirib, farqni ikki golga yetkazdi — 2:0.
Ikkinchi taymda Husayn Norchaev 48-daqiqada Oʻzbekiston jamoasi uchun uchinchi golni urdi. 90-daqiqada esa futbolchi dublni amalga oshirib, hisobni 4:0 ga yetkaza oldi. Oʻyinning oxirgi daqiqalarida Siriya himoyachi Muhammad Hakimovning toʻpni raqib darvozasiga yuborishi bilan bir gol urishga muvaffaq boʻldi.
Bu gʻalaba tufayli Oʻzbekiston jamoasi 3,75 ball olib, FIFA jahon reytingida bir pogʻona yuqoriga koʻtarilib, 58-oʻrinni egalladi.
Oʻzbekiston milliy jamoasining keyingi doʻstona uchrashuvi 6-oktabrda Janubiy Koreya bilan rejalashtirilgan. Ushbu oʻyindan oldin oʻzbek futbolchilari Ironga 3:1 gʻol bilan magʻlub etgan edi.
