Milliy statistik qoʻmitaning maʼlumotlariga koʻra, yil davomida dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarish hajmi 6,1 foizga oshgan.
Oʻzbekistonda 2026-yil yanvar oyidan avgustigacha avtomobil benzinining ishlab chiqarish hajmi 811,3 ming tonnani tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2025-yil tegishli davriga nisbatan 4,6 foizga oshgan.
Hisobot davrida shuningdek, 834,3 ming tonna dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarilgan boʻlib, uning ishlab chiqarilishi yillik hisobda 6,1 foizga oʻsgan.
