Sirdaryo viloyati IT sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish boʻyicha amaliy natijalar qayd etildi. Bu ishlar Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan «ICT Week Uzbekistan 2026» xalqaro haftasi doirasida amalga oshirildi.
Mazkur haftalik davomida xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazilib, ulardan beshtasi Sirdaryo viloyatida yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
