Nargiza Rashidovna Xursandova geografik fanlar boʻyicha doktor dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Tadqiqot mavzusi Qashqadaryo havzasida iqlim oʻzgarishi sharoitida suv resurslarini baholash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishni oʻz ichiga olgan.
