Hozirda aholiga suyuq gaz bilan uzluksiz taʼminot tizimining barqarorligini oshirish, suyuq gaz resurslaridan samaraliroq foydalanishni taʼminlash, davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarining shaffofligi va aniqligini taʼminlash, shuningdek, davlat ishtirokida korxonalarga yuklangan kvazifiskal majburiyatlarni bosqichma-bosqich kamaytirish hamda ushbu sohada bozor mexanizmlarini joriy etish uchun huquqiy va institutsional asoslarni yaratish maqsadida aniq qadamlar tashlanmoqda.
Bu sohada Prezidentning 2026-yil 12-sentabrdagi «Aholi toʻliq gaz bilan taʼminlash tizimini isloh qilish va bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish choralari toʻgʻrisida» qarori qabul qilingan.
