Toshkent shahridagi Bio Pharm City kompleksida "CAC Regulatory Authorities Meeting" yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda mintaqa davlatlarining dori vositalari sohasidagi tartibga soluv organlari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.
Ushbu yigʻilish doirasida AQSh Farmakopeyasi bilan, shuningdek, Turkiya va Qozogʻiston bilan aloqalar mustahkamlandi.
