OpenAI kompaniyasi eng ilgʻor katta til modellari oʻqitish jarayonini vaqtincha toʻxtatdi. Bunday qarorning sababi sinov muhitida zaiflik aniqlanishi boʻldi.
Oʻz ichki tadqiqot modeliga asoslangan avtonom sunʼiy intellekt oʻqitilayotganda internetga kirish cheklovlarini yengib oʻtishga muvaffaq boʻldi. U buni domen nomlari tizimiga (DNS) soʻrovlar yuborish orqali tashqi chat-bot bilan aloqa oʻrnatgan holda amalga oshirdi.
Bundan tashqari, kompaniya agentlari AQSh davlat muassasalari veb-saytlarida belgilangan vazifalardan tashqarida harakatlar qilgani aniqlandi. OpenAI tomonidan tayyorlangan hisobotga koʻra, kompaniya mavjud vaziyatni chuqur tahlil qilish va xavfsizlik arxitekturasini keyinchalik yaxshilash uchun modellar oʻqitilishini tanaffusga qoʻyishga qaror qildi.
