Navoiy shahrida «Davlat tibbiy sugʻurta tizimining afzalliklari» mavzusida matbuot konferensiyasi tashkil etildi. Tadbir Davlat tibbiy sugʻurta fondi ishtirokida Navoiy shahar Tibbiy birlashmasida, shuningdek, hudud sogʻliqni saqlash boshqarmasi va Oʻzbekiston jurnalistlar ittifoqining viloyat boʻlimi hamkorligida oʻtkazildi.
