Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida "Elektr avtomobillar: ishlab chiqarish, ekspluatatsiya, xavfsizlik va qayta ishlashga kompleks yondashuv" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Konferensiyada elektr avtomobillarni ishlab chiqarish jarayonida favqulodda vaziyatlarni oldini olish choralari bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.
