Sirdaryo viloyatida Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Sirdaryo viloyati vakilligi tizimida faoliyat yuritayotgan oʻtinoyilar ishtirokida «Zakovot» intellektual turniri tashkil etildi.
Bu tadbir «Vaqf xayriya» jamoat fondining Sirdaryo viloyati filiali tomonidan oʻtkazildi. Turnirning asosiy maqsadi oʻtinoyilarning bilim va mantiqiy fikrlash qobiliyatini sinovdan oʻtkazish hamda ular oʻrtasida bilim va tajriba almashinuvini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.



