ICT WEEK ning ikkinchi kuni davomida «Future Intelligence Forum 2026» tadbiri boʻlib oʻtdi. Bu tadbirda davlat organlari vakillari, yetakchi xalqaro va mahalliy kompaniyalar rahbarlari, ekspertlar hamda raqamli iqtisodiyotning asosiy ishtirokchilari yigʻildi.
Forumda asosiy eʼtibor sunʼiy intellektni rivojlantirishga, raqamli texnologiyalarni amaliyotda joriy etishga, shuningdek, ushbu sohadagi zamonaviy yechimlarni taqdim etishga qaratildi.



