Oʻzbekiston futbol birlashmasi Rossiya hakamlaridan iborat jamoa FIFA xalqaro oynasi doirasida Oʻzbekiston va Eron milliy jamoalari oʻrtasidagi doʻstona oʻyinni boshqarishini maʼlum qildi.
Oʻyinning asosiy hakamiga FIFA Rossiya hakami Kirill Levnikov tayinlandi. Uning vatandoshlari Dmitriy Ermakov va Andrey Vereteshkin yordamchi hakamlar sifatida ishtirok etadilar.
Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi oʻyin 24-sentabrda "Istiqlol" stadionida boʻlib oʻtadi.
