Qoraqalpogʻistonda chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish uskunalari ishga tushiriladi
Batafsil
Uza.uz
uza.uz

Qoraqalpogʻistonda chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish uskunalari ishga tushiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Qoraqalpogʻiston Respublikasida qattiq chiqindilarni yoqib elektr energiyasi ishlab chiqarish investitsion loyihasini amalga oshirish choralari» toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq, kuniga 90 million kVt elektr energiyasi ishlab chiqarishga qodir boʻlgan qurilmalar ishga tushiriladi.

Ushbu loyihada investor Xitoy Xalq Respublikasida joylashgan China Sciences Environmental Protection Technology (Hong Kong) International Co., Ltd (CSET (HK)) kompaniyasi hisoblanadi. Ushbu loyiha doirasida va Loyiha kompaniyasi kundalik 0,75 ming tonna chiqindilarni termik qayta ishlash usuli bilan qayta ishlaydigan uskunalarni ishga tushirishni taʼminlaydi.

2026 yildan 2028 yilgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasiga 80 million AQSh dollari miqdorida bevosita investitsiyalar jalb qilinishi rejalashtirilmoqda.

Oʻxshash hikoyalar

Investitsion faollik iqtisodiy oʻsishning asosiy tayanchi hisoblanadi
Batafsil
uza.uz

Investitsion faollik iqtisodiy oʻsishning asosiy tayanchi hisoblanadi

Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritishning boshlangʻich bosqichida asosiy vazifa milliy iqtisodiyotni shakllantirish va uning barqaror ishlashini taʼminlash edi.

«Oʻzbekgidroenergo» delegatsiyasi Koreyadagi gidroenergetika tajribasini oʻrgandi
Batafsil
uza.uz

«Oʻzbekgidroenergo» delegatsiyasi Koreyadagi gidroenergetika tajribasini oʻrgandi

«Oʻzbekgidroenergo» kompaniyasi delegatsiyasi gidroenergetika sohasidagi tajribani oʻrganish maqsadida Koreyaga tashrif buyurdi. Mamlakatda soʻnggi oʻn yilda gidroenergetika sektori boʻyicha ketma-ket islohotlar amalga oshirildi, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda yirik investitsion loyihalar amalga oshirildi.

Bu saʼy-harakatlar natijasida gidroelektrostanlarning soni 36 dan 106 ga oshdi va gidroenergetika sektori umumiy quvvati 2,5 GVt ga yetdi.

Qoʻshimcha chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalari koʻrib chiqildi
Batafsil
uza.uz

Qoʻshimcha chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalari koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev chiqindilar bilan ishlash, ularni qayta ishlash va ushbu chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish tizimini takomillashtirishga oid investitsion loyihalar taqdimotini koʻrib chiqdi.

Mashhur