Oʻzbekistonda farmatsevtika va sogʻliqni saqlash sohasidagi xalqaro standartlarni joriy etish, shuningdek, ilgʻor xorij tajribasini moslashtirish va nazorat hamda tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishga birinchi darajali eʼtibor qaratilmoqda.
Bu maqsadlarda Oʻzbekiston delegatsiyasining Singapur va Malayziyaga amaliy safari tashkil qilindi, bu safar davomida ushbu sohadagi hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishga qaratilgan muhim muzokaralar oʻtkazildi.
