Viloyatlararo bevosita aloqalarni kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va sanoat hamkorligini rivojlantirish xalqaro iqtisodiy hamkorlikning asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylanmoqda. Shu munosabat bilan, Toshkent viloyati delegatsiyasining ish safari doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Tianjin shahrida oʻtkazilgan biznes forumi yangi iqtisodiy tashabbuslarni targʻib qilish uchun muhim maydon boʻldi.
