Andijanda axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlar jami 17 million 905 ming AQSh dollari ekvivalentiga teng umumiy miqdorda eksport qilindi.
Mamlakatda IT sektorini rivojlantirish va ushbu soha uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, Andijon viloyatida Prezident tashabbusi bilan «Sunʼiy intellektning 5 million lideri» loyihasi amalga oshirilmoqda.
