Fuqarolarning imkoniyatlari va ehtiyojlariga individual yondashish muhim. Kambagʻallikni kamaytirish nafaqat moddiy yordam koʻrsatish bilan cheklanmaydi, balki insonning oʻz mehnatining loyiqcha daromad topishi uchun sharoit yaratish bilan ham bogʻliq.
Mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning asosida aynan shu olijanob maqsad yotadi: inson qadrini oshirish, aholi farovonligini koʻtarish va har bir oilaga barqaror daromad manbai taʼminlash gʻoyasi.



