Transport vazirligi Oʻzbekiston va Janubiy Koreya kompaniyasi Yooshin Engineering Corporation bilan zamonaviy aeroport infratuzilmasi sohasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish niyatini maʼlum qildi. Bu hamkorlik yangi Toshkent xalqaro aeroporti loyihasiga kompaniya tajribasi va mutaxassislarini jalb qilishni oʻz ichiga olishi mumkin.
Oʻzbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov 13-sentabrda Seulda Yooshin Engineering Corporation raisi Jon Kyon-su bilan oʻzaro aloqa masalalarini muhokama qilgan. Ushbu uchrashuv Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi Sammiti doirasida boʻlib oʻtdi.
Tomonlar Janubiy Koreya korporatsiyasining Incheon Xalqaro aeroportini qurish jarayonida toʻplangan keng tajribasidan foydalanish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Ayniqsa, Yooshin Engineering Corporationning yuqori malakali mutaxassislarini yangi Toshkent xalqaro aeroporti loyihasini amalga oshirishga jalb qilishga alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, muzokaralar ishtirokchilari Oʻzbekistonda zamonaviy aeroport infratuzilmasini rivojlantirish uchun uzoq muddatli hamkorlik yaratish istiqbollarini koʻrib chiqishdi.


