Amerikalik tadqiqotchilari paralizdan aziyat chekayotgan odamlar uchun nutq va imo-ishlarni tiklashga qodir boʻlgan kompleks tizimni ishlab chiqdilar. Ushbu tizim miyaning sensor-motor korteksining ustiga bevosita joylashtiriladigan yagona miya implantidan foydalanadi.
Bu implantdan olingan maʼlumotlar keyin kompyuterga uzatiladi. Kompyuter esa bemorning animatsion nusxasini ekranda koʻrsatib, uning kommunikativ funksiyalarini qayta tiklash imkonini beradi.
Ushbu ish natijalari rasman Nature Neuroscience ilmiy jurnalida nashr etildi.
