Markaziy Osiyo davlatlari Aral dengizi kelajagini muhokama qildi
Batafsil
UzDaily
uzdaily.uz

Markaziy Osiyo davlatlari Aral dengizi kelajagini muhokama qildi

Aral dengizi havzasiga bagʻishlangan Markaziy Osiyo davlatlari ikkinchi maslahatlashuv uchrashuvi 11-12 sentyabrda Turkmanistonda boʻlib oʻtdi. Dialogda davlat tuzilmalarining vakillari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning mutaxassislari, suv resurslari, ekologik barqarorlik va suv diplomatiyasi sohasidagi ekspertlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar suv resurslarini barqaror boshqarish, tabiiy ekotizimlarni tiklash, suv xavfsizligini taʼminlash va chegaralararo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Ayniqsa, BMTning Aral dengizi havzasi boʻyicha Maxsus dasturini amalga oshirish uchun yagona mintaqaviy yondashuvni ishlab chiqish va keyingi birgalikdagi tadbirlarni muvofiqlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

«Aral dengizi suv-oʻtqushli hududlari» tashabbusi doirasida Oʻzbekiston Aral dengizi mintaqasida ekotizimlarni tiklash, tabiiy resurslardan barqaror foydalanishni taʼminlash va mahalliy jamoa hayot faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan usullarni ilgari surmoqda.

Shuningdek, ishtirokchilar hamkorlikni saqlab qolish, ishonchni mustahkamlash va butun Aral dengizi mintazasining ekologik barqarorligini taʼminlash uchun birgalikdagi yechimlarni izlash zarurligini taʼkidladilar.

Mashhur