Hozirda Toshkent viloyatida sanoat sektorini texnologik modernizatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va investitsion hamkorlik hajmini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, mintaqaning sanoat salohiyatini oshirish maqsadida xalqaro tajribaga ega kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va ilgʻor muhandislik yechimlarini jalb qilish uchun turli amaliy qadamlar tashlanmoqda.


