Dubay yoʻllar va transporti boshqaruvi (RTA) bosh ijroiy direktori va Bosh idroiy kengash raisi Mattara Al Tayerning bayonotiga koʻra, kelajakdagi Dubay metrosining stansiyalari yaqinidagi yer uchastkalari narxi 15–30 foizga oshishi mumkin.
Al Tayer RTA yangi metro stantsiyasini qurishga qaror qabul qilishdan oldin bir qator tadqiqotlarni yakunlash zarur ekanligini taʼkidladi. U kelajakdagi liniya va stansiyalarni oʻrganish ishlari allaqachon olib borilayotganini maʼlum qildi.
Bu sharhlar RTA tomonidan ikki yirik metro loyihasi – Moviy chiziq va Oltin chiziqni ilgari surish fonida berildi. Ushbu loyihalarning umumiy taxminiy qiymati 55 milliard dirhamni tashkil etadi.
Bayonot RailX Dubai konferensiyasi va koʻrgazmasini ochishga bagʻishlangan matbuot anjumanida berildi.
RTA maʼlumotlariga koʻra, yer narxining ortishi metro stansiyalari atrofidagi mulk narxining oshishiga ham olib kelmoqda, garchi bu taʼsir joylashuv va mulk turiga qarab farq qilishi mumkin boʻlsa ham.
Moviy va Oltin chiziqlari Dubay metro tarmogʻini 80 foizga kengaytiradi. Tarmogʻning umumiy uzunligi hozirgi 90 kilometrdan 2032 yilga qadar 162 kilometrga oshadi.
Moviy chiziq (30 km) 2029 yilda, Oltin chiziq (42 km) esa 2032 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan. Al Tayer hozirda Moviy chiziq loyihasi amalga oshirilayotganini, Oltin chiziq loyihasi uchun tender joriy yil oxiriga eʼlon qilinishi rejalashtirilganini aniqlashtirdi.
U ikkala loyiha ham belgilangan rejalar va muddatlarga muvofiq ishlab chiqilayotganini taʼkidladi. Al Tayer qoʻshimcha qilib, Dubay metro loyihalari aniq rejalar va aniq vaqt oraligʻi tufayli eng yuqori xalqaro standartlarga javob berishini bildirdi.
Loyihalar emirat muhandislari va ekspertlari tomonidan nazorat qilinmoqda, ular butun dunyodagi mutaxassislar bilan hamkorlik qilishmoqda. Al Tayer soʻzlariga koʻra, ushbu mutaxassislarning jami tajribasi 2500 yildan oshadi.
U shuningdek, temir yoʻl tarmoqlari iqtisodiy oʻsishga hissa qoʻshishini, jamoa va bozorni bogʻlashini taʼkidladi. Bundan tashqari, ular shaharlar rivojlanishiga yordam beradi, barqarorlikni yaxshilaydi va aholi hamda mehmonlar uchun kundalik sayohatlarni osonlashtiradi.
Hozirda Dubay metrosi emiratdagi barcha jamoat transporti yoʻlovlarining 40 foizini taʼminlaydi. 2009-yil 9-sentabrdan boshlab faoliyat yuritganidan beri u deyarli uch milliard yoʻlovni tashib oʻtgan.
