Til millatning yuragini, uning tarixiy xotirasini, fikrlashini va maʼnaviy koʻrinishini mujassam etuvchi ulugʻ qadriyatdir. Aynan millat tili orqali xalqning koʻp asrlar davomidagi tajribasi, dunyoqarashi, intilishlari va bilish salohiyati namoyon boʻladi.
Alfavit ushbu tilning yozma koʻrinishini belgilovchi, uni avloddan avlodga yetkazuvchi va jamiyatning ilmiy hamda maʼrifiy taraqqiyotiga yordam beruvchi eng muhim vositadir. Shuning uchun alfavit masalasi hech qachon oddiy harflar masalasi boʻlmagan va boʻlmaydi.
U hozirgi va kelajakdagi milliy til va uning jahon axborot fazosidagi oʻrni bilan chambarchas bogʻliq.
