Milliy kutubxonada "Kitob va oʻqish haftasi"ga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining Yangi Toshkent tumanida joylashgan yangi binosi fondini shakllantirish va boyitish jarayoni doirasida oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan ilmiy, oʻquv va oʻquv-metodik nashrlar Kutubxonaga topshirildi.
Bu materiallar oliy maʼlumotlar, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi orqali Milliy kutubxonaga ixtiyoriy ravishda taqdim etilgan.



