Kambagʻallikni yoʻq qilish nafaqat moddiy yordam orqali, balki odamlarga barqaror daromad olish imkoniyatini taʼminlash yoʻli bilan ham mumkin. Prezident rahbadorligida oʻtkazilgan video-selektor yigʻilishida aholini band qilish, fuqarolarning daromadini oshirish va natijada oilalar farovonligini oshirishga qaratilgan muhim vazifalar aniqlab chiqildi.
