Ota-onalar maktabdan kelgan farzandlaridan koʻpincha «Bugun necha baho olding?» deb soʻrashadi. Biroq, hozirda bu savolga javob faqatgina «4» yoki «5» kabi oddiy baholar bilan cheklanmasligi mumkin.
Maktablardagi baholash tizimi 5 bahodan 100 ballik tizimga oʻzgartirilmoqda, bu esa oʻquvchilarni baholash usulini oʻzgartiradi.
