Kuzning birinchi oyining birinchi 10 kuni deyarli oʻtib ketdi. Hozircha tabiat qishning qattiq taʼsirini his qilmayapti, lekin bu vaqt uning xavotirlarini oldindan koʻrib chiqish, kamchiliklarni bartaraf etish va infratuzilmalarni sinovdan oʻtkazish uchun eng soʻnggi qulay imkoniyatdir.
Chunki kuz-qish mavsumi faqat qor yogʻgan yoki sovuq kuchaygan kunlardan iborat emas; balki bugungi kundan boshlanib, isitish davri davomida uzluksiz nazoratni talab qiluvchi masʼuliyatli jarayon hisoblanadi.
