Futbol musobaqalari Osiyo oʻyinlarida muxlislarning katta qiziqishini uygʻotadi. Shu yilgi erkaklar oʻrtasidagi musobaqada 15 ta jamoa toʻrt guruhga boʻlingan holda gʻolib boʻlish uchun kurash olib boradi.
Futbol musobaqasi 15 sentyabr kuni boshlanadi. Mazkur turnirda Oʻzbekiston sharafini himoya qiladigan 23 nafar futbolchi maʼlum qilindi.



